Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

31-avg, 17:44
Qizg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bugun, 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh…

Qizg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bugun, 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisiga Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoʻllagan samimiy tabrigi hamda Oʻzbekiston – Xitoy koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kelgusi yilda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 35 yil toʻladi. Ushbu sanani keng nishonlash boʻyicha tadbirlar dasturini tayyorlash taklif etildi. Soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Barcha darajalarda aloqalar izchil mustahkamlanib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Tomonlar tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi tizimli strategik muloqotni davom ettirish va parlamentlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi. Oʻzbekiston “yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi qatʼiy kurashni doimiy qoʻllab-quvvatlashi qayd etildi.

Qizg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida oʻtayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bugun, 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh…

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Oʻtgan yili ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard dollarga yaqinlashdi. Kelgusida uning yanada oʻsishiga ishonch bildirildi.

Yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish boʻyicha yangi marrani belgilash taklif etildi. Shu maqsadda sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish hamda Oʻzbekiston korxonalarining Xitoyda oʻtkaziladigan savdo koʻrgazmalarida faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom ettiriladi.

Amaldagi qoʻshma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard dollarni tashkil etmoqda. Oʻzbekistonda 6 mingdan ortiq qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda.

Energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport va infratuzilma, qishloq xoʻjaligi hamda yuqori texnologiyalar sohalarida sanoat kooperatsiyasining istiqbolli yoʻnalishlari belgilandi. Raqamli iqtisodiyot, togʻ-kon sanoati, mineral resurslarni oʻzlashtirish va qayta ishlash sohalaridagi “oʻsish nuqtalari” kengaytiriladi.

Texnologik sheriklikning yorqin namunasi sifatida “BYD” kompaniyasi bilan elektromobillar ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik qayd etildi. Ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliylashtirish darajasini oshirish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Xitoy kompaniyalariga Oʻzbekiston hududlaridagi qoʻshma sanoat zonalarida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishda yanada faol ishtirok etish taklif qilindi.

Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va ularning mamlakatimizdagi loyihalardagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Energetika sohasidagi hamkorlik yuqori baholandi. Oʻzbekiston anʼanaviy va muqobil energetika sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda Xitoy kompaniyalarini tinch atom loyihalariga jalb etishdan manfaatdor.

Hududlararo almashinuvlar faol rivojlanmoqda. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari Xitoy provinsiyalari bilan faol hamkorlik qilib, koʻpgina qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda. May oyida Sian shahrida uchinchi Hududlar forumi boʻlib oʻtdi.

Transport sohasidagi oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” strategik temir yoʻlini qurish ishlari samarali davom ettirilmoqda. Mazkur yoʻnalish Yevroosiyo transport ekotizimining muhim boʻgʻiniga aylanishi hamda “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi oʻzaro bogʻliqlikni yanada kuchaytirishiga ishonch bildirildi.

Muzokaralar davomida turizm va gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Vizasiz tartib amal qilmoqda, ikki mamlakat shaharlari oʻrtasidagi aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish va parvozlar sonini koʻpaytirish rejalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Xitoy madaniyat markazlarini ochish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar Xitoyda Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. 2027-2029-yillarga moʻljallangan madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish taklif etildi.

Ilm-fan, taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik muntazamlik kasb etgan. “Lu Ban ustaxonalari” va Konfutsiy institutlari faoliyati hamda hududlarda qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish ishlari davom ettiriladi.

Xitoy tilini oʻrganishni, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi taʼlim dasturlarini yanada kengaytirish hamda yurtimiz yoshlarining Xitoyda tahsil olishi uchun kvotalarni oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Kosmosni oʻzlashtirish hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari qatorida qayd etildi.

“Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi mintaqaviy sheriklikni yanada chuqurlashtirish va uning kelgusi yilda Xitoyda boʻlib oʻtadigan uchinchi sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy Raisini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Uchrashuv har doimgidek ishonch, ochiqlik va doʻstlik ruhida oʻtdi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Kun tanlovi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27
O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi
#Siyosat

O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi

26-okt, 11:11

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36
Yana koʻrsatish