Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ShHT yig‘ilishida AI, Taraqqiyot banki va Afg‘oniston haqida gapirdi (iqtiboslar)

2-sen, 09:50
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻi…

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida hamda “ShHT plyus” formati majlisida nutq so‘zladi. Quyidagi davlat rahbarining nutqidan eng muhim jumlalardan iqtibos va uning fikrlarini keltiramiz.

Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlar farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻi…

“ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etgan Prezident ushbu tashabbus investitsiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almashiniladigan, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oshiriladigan, mintaqalar, biznes va odamlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kengayadigan makonni shakllantirishga qaratilishi kerakligini aytdi.

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy soha ShHT samaradorligining muhim ustuvor yo‘nalishi va bosh ko‘rsatkichi ekanini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ShHT mamlakatlari bilan birgalikda bir yarim mingdan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

“ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz”, dedi Prezident. U mazkur xarita maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistika tizimlarini birlashtirishiga e’tibor qaratdi.

Prezident ShHT Taraqqiyot bankini amalda ishga tushirish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, ushbu institut umummintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, amalga oshirish uchun tayyor investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga xizmat qilishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning sun’iy intellekt sohasida hamkorlik bo‘yicha butunjahon tashkilotini tashkil etish tashabbusini olqishladi. “ShHT ushbu yangi texnologik alyansning birinchi hamkorlari qatorida bo‘lishi kerak”, dedi u.

Prezident, shuningdek, ShHTning ochiq ko‘p tilli ma’lumotlar korpusini shakllantirishni taklif etdi. “Kelgusi yili Toshkentda ShHTning sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishga tayyormiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻi…

Iqlim o‘zgarishi mamlakatlarning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan Prezident ShHT doirasida ushbu masalalar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish zarurligini aytdi.

“2035-yilga qadar suv va energetika samaradorligi sohasida ShHTning texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish bu yo‘nalishdagi qadamlardan biri bo‘lishi mumkin”, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro transport yo‘laklarining keng tarmoqli tizimini shakllantirishni davom ettirish o‘ta muhim ekanini qayd etdi. U ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etishni taklif qildi.

Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Prezident mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash mintaqa xavfsizligi va taraqqiyoti uchun fundamental ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Barchamizga yaratuvchan mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashgan, farovon qo‘shni mamlakat kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev. U ShHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti kelganini bildirdi.

Prezident Toshkent shahrida Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markazning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik O‘zbekiston uchun o‘zgarmas ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev 2028–2030-yillarga mo‘ljallangan an’anaviy san’at va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash hamda ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturini tayyorlashni taklif etdi.

So‘zining yakunida Prezident O‘zbekiston bundan buyon ham keng mintaqa barqarorligi va ravnaqi yo‘lida o‘zaro hurmat, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch ruhini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻi…

Shuningdek, davlat rahbari “ShHT plyus” formatidagi majlisda ham so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati BMTning markaziy va muvofiqlashtiruvchi rolini mustahkamlashga ko‘maklashishi, mintaqaviy tuzilmalar esa umumiy tamoyil va qarorlarning amalga oshirilishini ta’minlashi lozimligini ta’kidladi.

“Yangi dunyo tartiboti nafaqat xalqaro munosabatlar tizimidagi global kuchlar nisbatini mustahkamlashi, balki mintaqaviy muammolarning adolatli hal etilishiga ham xizmat qilishi lozim”, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev “ShHT plyus” formatini Shanxay hamkorlik tashkilotining shunchaki kengaytirilgan majlisi emas, balki davlatlar, mintaqalar va xalqaro tashkilotlarni umumiy kun tartibi atrofida birlashtiradigan alohida muloqot maydoni sifatida rivojlantirish zarurligini qayd etdi.

“O‘zbekiston Yevroosiyo makonida ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori”, dedi davlat rahbari. Uning ta’kidlashicha, o‘zaro bog‘liqlik strategik mustaqillik va barqarorlikning muhim shartidir.

Prezident yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydigan, aksincha imkoniyatlar makonini kengaytiradigan ko‘p qutblilik tarafdori ekanini bildirdi. Uning fikricha, mintaqaviy loyihalar va tashabbuslar o‘zaro raqobatlashmasdan, bir-birini samarali to‘ldirishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev “ShHT plyus” formatini mintaqalararo muloqot maydoni sifatida rivojlantirishni taklif qildi. U barqaror o‘sish, yuqori texnologiyalar, iqlimga moslashish, inson kapitalini rivojlantirish, hammabop ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Prezident “ShHT plyus” mintaqaviy tashkilotlarning Hamkorlik tarmog‘ini yaratish uchun platforma bo‘lishi mumkinligini aytdi. Buning uchun tashkilotlar kotibiyatlari va ixtisoslashgan organlari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, davlat rahbari tabiatdan foydalanish, “yashil” energetika, raqamli xizmatlar va sog‘liqni saqlash sohalarida mintaqalararo loyihalar va texnologiyalarning Ochiq bankini shakllantirishni taklif etdi.

“Biznes barcha joyda bozorlarga kirish tartib-taomillarining soddalashtirilishi, transchegaraviy yo‘laklarning ishga tushirilishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi ko‘rinishida amaliy natijalarni his qilishi lozim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident “ShHT Invest” forumiga doimiy faoliyat yurituvchi platforma tusini berishni taklif qildi. Uning fikricha, makromintaqada iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish va biznes uchun amaliy imkoniyatlarni kengaytirish asosiy vazifalardan biri bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev “ShHT plyus” madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini ta’sis etishni taklif qildi. Mazkur forumni BMTning manfaatdor tuzilmalari bilan hamkorlikda Xiva shahrida o‘tkazishga O‘zbekiston tayyorligini ma’lum qildi.

“Biz ‘ShHT plyus’ formatida zamon taqozo etayotgan muloqot maydonini ko‘rayotganimizni yana bir bor ta’kidlashga ijozat bergaysiz”, dedi Prezident. Uning qayd etishicha, mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi mushtaraklik nuqtalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, barqarorlik va o‘zaro ishonch uchun asos shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentyabr kuni Bishkek, Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻi…

O‘zbekiston Prezidenti mamlakat “umumiy farovonlikni mustahkamlash va ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirishga salmoqli amaliy hissa qo‘shishga tayyor” ekanini ta’kidladi.

Prezidentning birinchi va ikkinchi nutqi to‘liq matni Prezident matbuot xizmati saytida e’lon qilingan.

Yig‘ilish Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida oʻtdi. Tadbirda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy XR Raisi Si Szinpin, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamda ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev va tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyev ham qatnashdi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27
O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi
#Siyosat

O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi

26-okt, 11:11

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish