Sadir Japarov Qirğiziston janubida qirğizlar va özbeklar örtasida millatlararo nizo qözğatmoqçi bölayotganlar haqida gapirdi

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ayrim siyosiy kuçlar bölajak prezidentlik saylovini izdan çiqariş va Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişiga tösqinlik qiliş maqsadida mamlakat janubida millatlararo adovat keltirib çiqarişga urinişi mumkinligini ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, unga kelib tuşgan ma’lumotlarga köra, ayrim guruhlar yolğon xabarlar hamda provokatsion bayonotlar tarqatiş orqali mamlakatda ommaviy tartibsizliklar keltirib çiqariş imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Japarov hozirça gap şunday rejalar muhokamasi haqida ketayotganini, biroq ularni amalda qöllaşga uriniş ehtimoli ham yöq emasligini aytib ötdi. Şu bilan birga, prezident murojaatida ehtimoliy taşkilotçilarning şaxsiga aniqlik kiritmagan va uşbu rejalarni tasdiqlovçi dalillarni oçiqlamagan.
Japarov 1990 va 2010-yillarda qirğizlar va özbeklar örtasida röy bergan fojiali voqealarni yodga olib, barça fuqarolarni millatidan qat’i nazar fitnalarga uçmaslikka hamda tekşirilmagan axborotlarni tarqatmaslikka çaqirdi. U davlat har qanday ommaviy tartibsizliklarning oldini oliş uçun yetarli kuç va imkoniyatlarga ega ekanini ta’kidlab, ehtimoliy töqnaşuvlar faqat oddiy aholi vakillarining jabrlanişiga olib kelişini eslatdi.
Prezident ehtimoliy provokatsiyalar ortida Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişi yakunlanişidan manfaatdor bölmagan kuçlar turgan bölişi mumkinligini ham taxmin qildi. U fuqarolarni millatlararo nizoni qözğatişga qaratilgan har qanday çaqiriq yoki harakatlarga duç kelganda zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar berişga çaqirdi.
Ma’lumot örnida, Qirğizistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvar kuniga belgilangan bölib, Sadir Japarov 10-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga özini özi körsatiş tartibida dastlabki ariza topşirgan.
- #Qirğiziston
- #Sadir Japarov








