Özbekistonda ilmiy faollik körsatgan xodimlarning maoşiga 10 foizgaça ustama qöşiladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi tegişli qarori bilan ilm-fan va ta’lim taşkilotlarida işlovçi ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaş tizimi raqamlaştirilib, Science ID orqali faol mualliflarni moddiy rağbatlantiriş tartibi joriy etildi.
Yangi tartibga muvofiq, davlat taşkilotlaridagi ilmiy darajali mutaxassislarning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyatiga doir barça körsatkiçlar Innovatsion rivojlaniş agentligining yagona elektron bazasida jamlanadi.
Dastlab agentlikning elektron kutubxonasiga yuklangan uşbu ma’lumotlarni Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari töliqlik va haqqoniylik nuqtayi nazaridan tekşiruvdan ötkazadi. Yetarli dalillar bilan asoslanmagan ma’lumotlar rad etilib, faqat tasdiqdan ötgan natijalargina yagona bazaga kiritiladi.
Taşkilotlardagi işçi komissiyalar va kollegial organlar qöşimça haq tayinlaşda faqat mazkur bazadagi tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanişi şart bölib, tekşiruvdan ötmagan natijalar hisob-kitobga olinmaydi. Şuningdek, qaror bilan Science ID tizimida yuqori ilmiy faollik qayd etgan mualliflarga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça ustama tölaş mexanizmi belgilandi.
Mazkur ustama barça ilmiy darajali xodimlarning oyligini avtomatik tarzda oşirişni nazarda tutmaydi, balki aniq mezonlar va tasdiqlangan ilmiy natijalarga qarab tayinlanadi. Uşbu yangiliklar hukumatning 2019-yil dekabrdagi ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi töğrisidagi qaroriga kiritilgan özgartirişlar asosida amaliyotga tatbiq etilmoqda.
- #ilmiy faollik







