Rossiyaga kirayotgan çet elliklarning telefondagi yozişmalari tekşiriladi

Yozişmalarni öçiriş izlari aniqlansa ham çet el fuqarosi Rossiyaga kiritmasligi ham mumkin.
Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati (FXX) çegarada çet el fuqarolarining telefonlarini tekşirişini tan oldi. Yozişmalar öçirilgani böyiça belgilar aniqlanişi yoki çet ellik fuqaro knopkali telefon işlatişi – Rossiyaga kiritmaslik uçun asos böladi.
Moskva aeroportlarida FXX xodimlari “filtratsion tekşiruvlar” ötkazgan va Rossiyaga kiritişdan oldin çet elliklarni telefonlarini tekşirgan. Bu haqda rus naşrlari yozmoqda.
Bir holatda FXX messenjerlarda yozişmalar öçirilganining belgilari topilgani uçun çet ellikka Rossiyaga kirişni taqiqlagan. Ma’lumotlarga köra, mamlakatga kiritilmagan çet elliklarning aksariyati Tojikiston va Özbekiston fuqarolari.
Rossiyaga kiritilmagan fuqarolar sudga murojaat qilgan va sudda FXX vakillari barça da’vogarlar çegarada “filtratsion tekşiruv”dan ötkazilganini aytgan. Tekşiruv çet elliklarni söroq qiliş va ularning telefonini tekşirişni öz içiga olgan. Maxsus xizmat xodimlari ta’kidlaşiça, çet elliklar telefonlarini ularga ixtiyoriy ravişda topşirgan.
Çet el fuqarosiga mamlakatga kiriş rad qilingan bir holatda xavfsizlik xodimlari WhatsApp va Telegramda “yozişmalarni öçiriş orqali uni yaşiriş belgilari” aniqlangani aytiladi. Boşqa bir işda FXX, boşqa sabablar qatorida, çet ellik “aloqa uçun knopkali telefondan foydalangani”ni ham qöşimça qiladi.
FXX, şuningdek, YouTube’dagi körişlar tarixini va Rossiyada taqiqlangan blogerlarga obunalarni ham örgangan. Xodimlar bu orqali “radikal islom mafkurasi tarafdorlari”ni aniqlaşga uringan.
Moskva aeroportlarida bunday tekşiruvlar tölqini 2024-yil bahorida, Crocus City Halldagi teraktdan keyin boşlangan. Şundan söng, mamlakatga qaytayotgan Rossiya fuqarolari ham çegarada söroq qilingani haqida xabarlar tarqalgan.
- #rossiya
- #FXX
- #migrantlar








