Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Qozog‘istonda yangi davlat instituti shakllanib, Yerlan Karin vitse-prezident lavozimiga tayinlandi

2-sen, 13:41
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq joriy etilgan vitse-prezident instituti davlat boshqaruvi tizimini barqarorlashtirish hamda hokimiyat iyerarxiyasida…

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq joriy etilgan vitse-prezident instituti davlat boshqaruvi tizimini barqarorlashtirish hamda hokimiyat iyerarxiyasida aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi lavozim egasi davlat rahbari nomidan parlament, hukumat va boshqa davlat organlari bilan munosabatlarda vakillik qiladi. Shuningdek, prezident o‘z vakolatlarini muddatidan oldin topshirgan taqdirda, davlatni boshqarish huquqi to‘g‘ridan-to‘g‘ri vitse-prezidentga o‘tishi belgilangan.

Siyosatshunoslik fanlari nomzodi Yerlan Karin mehnat faoliyatini maktabda tarix va geografiya fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik u Markaziy Osiyo siyosiy tadqiqotlar agentligi va “Qozog‘iston” milliy teleradiokorporatsiyasini boshqargan, shuningdek, hukmron partiya hamda davlat organlarida turli mas’uliyatli lavozimlarni egallab kelgan.

U 2019-yildan beri prezident jamoasida faoliyat yuritib, davlat maslahatchisi, prezident yordamchisi va so‘nggi oylarda Prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Qozog‘iston davlat apparatida boy tajribaga ega bo‘lgan Karin yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish va siyosiy islohotlarni amalga oshirishda ham yetakchi guruh a’zosi sifatida faol qatnashgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston siyosiy tarixida ham vitse-prezidentlik lavozimi mavjud bo‘lgan. Ushbu lavozim 1990-yil 24-martda, hali Ittifoq tarqalmasidan oldin, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi bilan bir vaqtda ta’sis etilgan.

O‘zbekiston tarixidagi birinchi va yagona vitse-prezident Shukrullo Mirsaidov bo‘lgan. U bunga qadar Ministrlar soveti raisi lavozimida faoliyat yuritgan va prezident Islom Karimovning o‘rinbosari sifatida davlat boshqaruvida ikkinchi shaxs hisoblangan.

Lekin ushbu institut uzoq yashamadi. 1991-yil oxirida mustaqillik e’lon qilinib, davlat tuzilmasini isloh qilish jarayoni boshlangach, 1992-yil 8-yanvarda vitse-prezidentlik lavozimi rasman tugatildi. Uning o‘rniga ijro etuvchi hokimiyatni boshqarish uchun Bosh vazir lavozimi ta’sis etildi hamda prezidentlik va hukumat boshqaruvi vakolatlari qayta taqsimlandi. Shunday qilib, Shukrullo Mirsaidov mamlakat tarixida ushbu maqomni egallagan yagona siyosatchi bo‘lib qoldi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Kun tanlovi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27
O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi
#Siyosat

O‘zbekiston notasidan so‘ng Eron elchixonasi Samarqand haqidagi postni o‘chirib tashladi

26-okt, 11:11

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36
Yana koʻrsatish