Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

3-okt, 10:55
Senat jinoiy uyushmani moliyalashtirish, unga mansab vakolatini suiiste’mol qilib homiylik qilish hamda noqonuniy jangovar sport musobaqalarini tashkil etish…

Senat jinoiy uyushmani moliyalashtirish, unga mansab vakolatini suiiste’mol qilib homiylik qilish hamda noqonuniy jangovar sport musobaqalarini tashkil etish uchun javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan 20-yalpi majlisdagi ma’ruzasida ma’lum qildi.

Qayd etildiki, odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 2024-yilda 119, 2025-yilda 125, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida esa 78 ta holatda sodir etilgan. Jami 322 kishi shunday jarohatlar oqibatida vafot etgan. Uning ta’kidlashicha, bu kabi og‘ir oqibatlarga olib keluvchi zo‘ravonlik jinoyatlari uchun huquqiy ta’sir choralarini takomillashtirish zarur.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi 242¹-modda kiritilib, jinoiy uyushma faoliyatini moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Agar moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs og‘ir oqibatlar va uyushmaning maqsadlari amalga oshishining oldini olishga davlat organlariga o‘z vaqtida xabar berish yoki boshqa yo‘l bilan faol ko‘maklashsa, harakatlarida boshqa jinoyat tarkibi bo‘lmagan taqdirda, u jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

Shuningdek, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib jinoiy uyushma tashkil etishga yoki u sodir etgan jinoyatlarni yashirishga homiylik qilganlik uchun alohida javobgarlik joriy etiladi. Bu qilmishlarni sodir etganlar, shuningdek, jinoiy uyushma faoliyatini moliyalashtirgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilmaydi.

Bezorilik uchun jazo choralari kuchaytiriladi. Uni juda ko‘p miqdorda zarar yetkazib, o‘zganing mulkini nobud qilish yoki shikastlash orqali, shuningdek, uyushgan guruh tomonidan sodir etish og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Bezorilik oqibatida qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish va jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan shunday jarohat uchun ham javobgarlik kuchaytiriladi.

Qonunga ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxslar uyushgan guruh tomonidan bezorilik sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish uchun esa yangi 277¹-modda bilan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Bunday musobaqalarda ishtirok etganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 191¹-modda kiritiladi.

Yangi 242¹-moddada nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura tergovchilari, Jinoyat kodeksining 277-moddasi to‘rtinchi qismi va 277¹-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar bo‘yicha esa ichki ishlar organlari tergovchilari olib boradi. Qonun uyushgan jinoyatchilikning moliyaviy manbalarini to‘sish, jamoat osoyishtaligini ta’minlash va og‘ir jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

O‘zbekiston sakkiz oyda xorijga 1,2 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi
#O‘zbekiston

O‘zbekiston sakkiz oyda xorijga 1,2 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

11-okt, 13:53
Andijonda tormozi buzilgan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil va do‘konlarni pachoqlab, 3 kishining umriga zomin bo‘ldi
#Jamiyat

Andijonda tormozi buzilgan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil va do‘konlarni pachoqlab, 3 kishining umriga zomin bo‘ldi

11-okt, 13:50
Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlandi
#Dunyo

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlandi

11-okt, 00:44
Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon toji bahslari vaqti aniq bo‘ldi
#Sport

Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon toji bahslari vaqti aniq bo‘ldi

11-okt, 00:38
O‘zbekiston NASA bilan bevosita muzokaralar o‘tkazdi
#O‘zbekiston

O‘zbekiston NASA bilan bevosita muzokaralar o‘tkazdi

11-okt, 00:32
Banklar kredit qarzdorligini avtomatik yechganda mijoz kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirishga majbur bo‘ladi
#Iqtisodiyot

Banklar kredit qarzdorligini avtomatik yechganda mijoz kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirishga majbur bo‘ladi

11-okt, 00:26

Kun tanlovi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tuproq ortilgan Howo rusumli yuk avtomashinasi tormoz tizimidagi nosozlik sabab boshqaruvni yo‘qotib, yirik yo‘l-tra…
#Jamiyat

Andijonda tormozi buzilgan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil va do‘konlarni pachoqlab, 3 kishining umriga zomin bo‘ldi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tuproq ortilgan Howo rusumli yuk avtomashinasi tormoz tizimidagi nosozlik sabab boshqaruvni yo‘qotib, yirik yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqardi.

11-okt, 13:50
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtdagi qurigan, kasallikka chalingan, shikastlangan hamda aholi xavfsizligiga tahdid soluvchi daraxt va butalar…
#Jamiyat

Toshkentda odamlarga va mol-mulkka xavf tug‘diruvchi barcha daraxt va butalar xatlovdan o‘tkaziladi

11-okt, 00:11
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan shifokorlarning umumiy soni 112 420 nafarni t…
#Jamiyat

O‘zbekistonda shifokorlar soni 112 mingdan oshib, tibbiyot sohasida erkak mutaxassislar ulushi ustunlik qilmoqda

11-okt, 00:05

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekiston sakkiz oyda xorijga 1,2 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

11-okt, 13:53
#Jamiyat

Andijonda tormozi buzilgan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil va do‘konlarni pachoqlab, 3 kishining umriga zomin bo‘ldi

11-okt, 13:50
#Dunyo

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlandi

11-okt, 00:44
#Sport

Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi jahon toji bahslari vaqti aniq bo‘ldi

11-okt, 00:38
#O‘zbekiston

O‘zbekiston NASA bilan bevosita muzokaralar o‘tkazdi

11-okt, 00:32
#Iqtisodiyot

Banklar kredit qarzdorligini avtomatik yechganda mijoz kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirishga majbur bo‘ladi

11-okt, 00:26
Yana koʻrsatish