Özbekiston 12 yillik maktab tizimiga ötmoqda

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari maktabgaça va maktab ta’limi tizimlarini özaro uyğunlaştirişga qaratilgan qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi.
Yangi hujjatga muvofiq, bir yillik maktabga tayyorlov bosqiçi majburiy umumiy örta ta’limning dastlabki qismi sifatida e’tirof etilmoqda.
Uşbu islohot milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslaştiriş hamda öquvçilarning maktab muhitiga moslaşuvini osonlaştiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Tayyorlov bosqiçi umumiy örta ta’lim tarkibiga qöşilişi natijasida bolalar bir yil davomida özlarining bölajak sinfdoşlari bilan bir jamoada maktabga tayyorgarlik köriş imkoniyatiga ega böladi.
Qonun loyihasi doirasida amaldagi “Maktabgaça ta’lim va tarbiya töğrisida”gi hamda “Ta’lim töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Mazkur huquqiy yangilanişlar ikki ta’lim bosqiçi örtasidagi uzviylikni ta’minlaş va öquv dasturlarini bir-biriga boğlaşga xizmat qiladi.
Belgilangan tartibga köra, bir yillik majburiy tayyorlov maşğulotlari ham maktabgaça ta’lim taşkilotlarida, ham umumiy örta ta’lim maktablari bazasida taşkil etiladi. Hujjatda har bir bolaning uşbu majburiy tayyorlov bosqiçidan ötiş huquqi qonun darajasida kafolatlanişi közda tutilgan.
- #maktab
- #Oliy Majlis
- #tizim









