O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qituvchi qaysi viloyatda?

Maktablarda mehnat qilayotgan pedagoglarning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etmoqda – 418,8 ming nafar (72,5 foiz). Erkak o‘qituvchilar ulushi esa 158,9 ming nafarni (27,5 foiz) tashkil qilgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p pedagoglar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida hisobga olingan bo‘lib, har birida 65,1 ming nafardan o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona (60,6 ming) va Surxondaryo (52,3 ming) viloyatlari egallagan.
Eng kam o‘qituvchilar soni Sirdaryo (14,2 ming), Navoiy (22,3 ming) hamda Jizzax (25,7 ming) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxt Toshkent shahrida esa 34,1 ming nafar maktab o‘qituvchisi faoliyat yuritadi.








