Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Iqtisodiyot

Omadli tujjor Yoqub Arabov. Toshkentdan Nyu-Yorkkacha – “Jacob the Jeweler” qanday qilib $188 millionlik imperiya qurdi?

6-avg, 16:47
Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin – bularning hammasi bir vaqtlar Nyu-Yorkning Diamond District deb atalgan ko‘chasidagi kichkina stendga kelib, toshkentlik muhojir yigitdan zargarlik buyumlari sotib olgan.

O‘sha yigit – Yoqub Arabov, dunyo uni Jacob Arabo yoki “Jacob the Jeweler” – “Zargar Jeykob” sifatida biladi.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

1965-yilda Toshkentda, o‘zbek SSRida, Buxoro yahudiy oilasida besh farzandning eng kichigi va yagona o‘g‘il sifatida tug‘ilgan. Bugun u $188 milliondan ortiq yillik daromadga ega lux biznes imperiyasi sohibi.

Toshkentda o‘sgan Yoqub bolaligidan san’at va hunarmandlikka qiziqardi. U atrofidagi zargarlik buyumlarining nafis naqshlariga hayrat bilan qarar edi. Soatlarga muhabbati esa 13 yoshida uyg‘ondi – otasi unga dunyo vaqt mintaqalarini ko‘rsatadigan soat sovg‘a qildi.

Bu soat uning hayotini o‘zgartiradi. Yoqub soat ichidagi murakkab mexanizmlarni, har bir tishli g‘ildirakni, har bir yoyni o‘rganishga tushdi. U o‘ziga savol berdi: “Bu narsalarni men ham yaratishim mumkinmi?”

1970-80-yillarda Sovet Ittifoqida yahudiy emigratsiyasi qattiq cheklab qo‘yilgan edi. Antisemitizm tufayli yahudiylar martabali lavozimlarga ko‘tarila olmasdi. Arabov oilasi uchun kelajak yo‘li – faqat Sovet Ittifoqidan tashqarida edi.

1979-yilda Arabov oilasi Sovet rejimidan qochib, AQShga ko‘chib o‘tadi. Toshkentni tashlab ketgan paytida Yoqub atigi 14 yoshda edi. Oila Nyu-Yorkka kelib, Queens tumanining Forest Hills mahallasiga joylashdi. Yoqub Forest Hills maktabiga o‘qishga kirdi. Ingliz tilini bilmas, shaharni bilmas, kissada bir tiyin aqchasi yo‘q, ammo orzulari osmon edi.

16 yoshida Yoqub maktabni tashlab, zargarlik dizayni kursiga yozildi. Dasturni atigi to‘rt oyda tugatdi. O‘qituvchilari uni rag‘batlantirgach, kurs sertifikatini qo‘liga olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nyu-Yorkdagi zargarlik bozori – Diamond District’ga yo‘l oldi.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

17 yoshida u allaqachon o‘z dizaynerlik asarlarini yaratayotgan edi.

1986-yilda, 21 yoshida, Yoqub Arabov o‘z kompaniyasini ochdi. Dastlab u “Diamond Quasar” deb nomlangan, keyinchalik “Jacob & Co.” ga o‘zgartirilgan.

Boshidanoq uning uslubi boshqalardan farq qilardi. U oddiy uzuk va marjonlar emas – jasur, ko‘zni qamashtiruvchi, ulkan qimmatbaho toshli zargarlik buyumlari yaratdi. Aynan shu ulug‘vorlik uni o‘sha zahotiyoq e’tiborga olib chiqdi.

Uning innovatsion dizaynlari tez orada ko‘p reperlarning e’tiborini tortdi. Mashhur reper Notorious B.I.G. (Biggie Smalls) unga “Jacob the Jeweler” – “Zargar Jeykob” laqabini qo‘ydi.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

1990-yillarning o‘rtalarida Nyu-York hip-hop sanoatining markazi edi. Reperlar va R&B yulduzlari boyliklarini namoyish qilish uchun zargarlik buyumlariga muhtoj edilar. Va ular barchasini Jeykobdan oldi.

Biggie’dan so‘ng Jay-Z ham Jeykobni qo‘llab-quvvatladi. Jeykob erkaklar uchun yirik olmosli zargarlik buyumlarini birinchi bo‘lib ishlab chiqqan dizayner sifatida ham tarixda qoldi.

Hip-hop dunyosi Jeykobni o‘z qahramoniga aylantirdi – uni qo‘shiqlarida tilga oldi, musiqa videolarida ko‘rsatdi, bayram tadbirlariga taklif qildi.

Bugungi kunga kelib Yoqub Arabov 100 dan ortiq qo‘shiqlarda tilga olingan – Kanye West’ning “Diamonds from Sierra Leone”dan tortib Drake, Jay-Z, Big Sean, Nas qo‘shiqlarigacha.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

Mashhur mijozlar ro‘yxatini esa Floyd Mayweatherdan tortib (Billionaire soat — $18 million), Jay-Z (Rainbow Tourbillon — $450,000), Drake (Astronomia Casino — $620,000), Conor McGregor (Astronomia Baguette Tourbillon — $1 million), Cristiano Ronaldo (Bugatti Chiron Tourbillon Baguette — $1 million), David Beckham (Global 3 — $32,000) gacha bo‘lgan yulduzlar band etdi.

2004-yilda “Jacob & Co.” o‘z do‘konini 57-ko‘chaga ko‘chirdi – bu yerda qo‘shnilari orasida Audemars Piguet va Bulgari kabi dunyo brendlari bor edi. Kompaniya keyinchalik Shveysariyada soat ishlab chiqarish zavodini ham ochdi. Shveysariya texnologiyasi va Nyu-York dizayni birlashganda dunyodagi eng murakkab va qimmatbaho soatlar yaratildi.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…
Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

Eng mashhur kolleksiyalar qatorida Astronomia – Jacob & Co. ning muqaddas toji alohida o‘rin tutadi. Astronomia to‘rt o‘qli tourbillon bilan 60 soniyada aylanuvchi sayyoralar tizimini bilagingizda namoyish etadi. Astronomia Solar versiyasida 288 qirrali qimmatbaho tosh soatlari qo‘yilgan bo‘lib, ular sayyoraviy orbitada aylanadi.

Qolaversa, Billionaire Timeless Treasure – Jacob & Co.ning eng qimmat soati, narxi $20 million. 425 ta Asscher kesimli sariq olmos, jami 216 karat. Soat korpusi, braslet va hatto siferblatining o‘zi toza toshlar bilan qoplangan.

Jacob & Co. Astronomia Manual Winding Watch | AS310.40.SP.ZK.ABALA

Bugun Jacob & Co. yillik daromadi $150 milliondan oshadi deb ta’riflanadi. Boshqa manbalar bu raqamni $188 millionga baholaydi.

2019-yilda Paramount Studios bilan, 2020-yilda NBCUniversal bilan hamkorlik o‘rnatildi. 2021-yilda Jacob & Co. kripto valyutasini qabul qilgan va NFT taklif etgan birinchi yuqori darajali soat brendi bo‘ldi.

2025-yilda nemis tennischi Alexander Zverev Jacob & Co.ning brend ambassadori bo‘ldi. Kompaniya 2025-yil fevralda Seulda birinchi do‘konini ham ochdi. Dubay va Abu-Dabi o‘rtasidagi Al Jurf hududida esa “Jacob & Co. Beachfront Living by Ohana” nomli turar-joy loyihasi ham boshlandi.

Dunyoning eng boy odamlari soatida “Jacob & Co.” yozuvi bor. Floyd Mayweather, Cristiano Ronaldo, Jay-Z, Beyoncé, Drake, Kanye West, Ambanilar oilasi, ro‘yxa…

Floyd Mayweather Billionaire soatni $18 million ga sotib oldi, Cristiano Ronaldo uchun maxsus Bugatti soat yaratildi, DJ Khaled butun jamoasiga $3 millionlik soatlar sovg‘a qildo, Lionel Messi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi, Naomi Campbell va David Beckham brand ambassadorlar bo‘ldi. Bu kabi mashhurlar bilan hamkorlik tadbirkor faoliyatida el og‘ziga tushishda katta rol o‘ynadi.

2006-yil 15-iyun kuni Jacob Arabo hayotining eng qora kuni bo‘ldi. Arabov Nyu-Yorkdagi markaziy ofisida hibsga olindi. Unga Detroytdagi “Black Mafia Family” nomli narkotrafik tashkiloti uchun $270 milliondan ortiq narkotik daromadlarini yuvishda ishtirok etish ayblovi qo‘yildi. Ayni vaqtda 41 nafar boshqa shaxs ham ayblanuvchi sifatida belgilandi.

Arabov keltirilgan ayblovlardan voz kechib, hujjatlarni qalbakilashtirish va federal agentlarga yolg‘on gapirish aybini bo‘yniga oldi. Unga 37-46 oylik qamoq va $2 million jarima hukm qilindi. Pul yuvish ayblovlari esa bitim asosida bekor qilindi.

Jacob & Co. Cocktail Party

Sudya uning xayriya ishlari va ko‘p odamlarning qo‘llab-quvvatlash xatlarini inobatga olib, jazo muddatini biroz qisqartirdi. U taxminan 30 oy qamoqda o‘tirdi.

Ko‘plar bu voqea Jacob & Co.ni halok qiladi deb o‘ylagan edi. Lekin aksincha bo‘ldi. Qamoqdan chiqqach, Arabov brendini yanada kuchaytirdi. Shveysariya soatchilik san’atiga yanada chuqurroq kirib bordi. Yangi to‘plamlar, yangi hamkorliklar, yangi bozorlar.

Uning o‘g‘li Benjamin Arabov ham kompaniyaga qo‘shildi va yangi bozorlar hamda innovatsiyalar yo‘nalishida kompaniyani boshqarishga yordam bermoqda. Ota-o‘g‘il tandemi brendni kelajakka olib borish bilan birga uning qudratli va hashamatli dizayn ildizlariga sodiq qolmoqda.

Interview - Benjamin Arabov, CEO of Jacob & Co, On Strategy and Future

Arabov yaqinda Toshkentga tashrif buyurdi. “Salama” restoranida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, O‘zbekiston bilan bog‘liq rejalari borligini aytib o‘tdi.

Ochiq ma’lumotlar asosida Abdurahmon Ergashev tayyorladi

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistonda ikki yangi davlat mukofoti ta’sis etildi: fidoiylarga 8,8 million so‘mdan beriladi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ikki yangi davlat mukofoti ta’sis etildi: fidoiylarga 8,8 million so‘mdan beriladi

11-okt, 17:40
Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik bemor O‘zbekistonga qaytarildi
#O‘zbekiston

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik bemor O‘zbekistonga qaytarildi

11-okt, 17:24
O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi chorak qismga oshdi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi chorak qismga oshdi

11-okt, 15:54
Toshkent Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoralab, Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi
#O‘zbekiston

Toshkent Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoralab, Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi

11-okt, 15:52
Ar-Riyod aeroportiga hujumda 12 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam yaralandi
#Dunyo

Ar-Riyod aeroportiga hujumda 12 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam yaralandi

11-okt, 15:44
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari sentyabr oyida oltin narxi arzonlashishi sabab 5,5 milliard dollarga qisqardi
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari sentyabr oyida oltin narxi arzonlashishi sabab 5,5 milliard dollarga qisqardi

11-okt, 15:39

Kun tanlovi

O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari sentyabr oyi davomida 7,6 foizga kamayib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra 66,76 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga ko‘ra, 2027-yil 10-yanvardan e’tiboran tijorat banklari kredit yoki kafillik to‘lovlarini mijozning topshirig‘…
#Iqtisodiyot

Banklar kredit qarzdorligini avtomatik yechganda mijoz kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirishga majbur bo‘ladi

11-okt, 00:26
Markaziy bank qaroriga ko‘ra, 2027-yil 10-yanvardan kredit to‘lovi mijozning kartasidan avtomatik yechilganida, hisobda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqd…
#Iqtisodiyot

O‘zbeksitonda banklar kredit to‘lovi uchun kartadan pul yechganda kamida 680 ming so‘m qoldiradi

10-okt, 10:59

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda ikki yangi davlat mukofoti ta’sis etildi: fidoiylarga 8,8 million so‘mdan beriladi

11-okt, 17:40
#O‘zbekiston

Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik bemor O‘zbekistonga qaytarildi

11-okt, 17:24
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi chorak qismga oshdi

11-okt, 15:54
#O‘zbekiston

Toshkent Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoralab, Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi

11-okt, 15:52
#Dunyo

Ar-Riyod aeroportiga hujumda 12 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam yaralandi

11-okt, 15:44
#Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari sentyabr oyida oltin narxi arzonlashishi sabab 5,5 milliard dollarga qisqardi

11-okt, 15:39
Yana koʻrsatish