Norvegiya Isroilga qarshi oʻyin chiptalaridan tushgan daromadni Gʻazoga xayriya qildi

Norvegiya futbol federatsiyasi (NFF) Gʻazodagi gumanitar inqiroz sababli Isroilga qarshi oʻtgan JCH–2026 saralash uchrashuvi chiptalari sotuvidan tushgan sof daromadni xayriya qilishini maʼlum qildi. Ushbu mablagʻlar “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF) tashkiloti orqali Gʻazo sektoridagi va urushdan jabr koʻrgan boshqa hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam ishlariga yoʻnaltiriladi.
Federatsiya rasmiy bayonotida JCH mukofot pullari yoki chempionatdan olingan barcha daromadlar xayriya qilingani haqidagi iddaolar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, yordam faqatgina aniq bir oʻyin chiptalari tushumidan shakllantirilgani taʼkidlangan.








