Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi

Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi Portal24.uz’ga ma’lum qildi. Hozircha uning qaysi lavozimga o'tgani ma’lum emas.
Nilufar Allabergenova 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U Toshkentning Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-yildan 2023-yil oktyabr oyiga qadar Yakkasaroy tumani prokurori bo‘lib ishlagan. Oktyabrdan esa Yakkasaroy tuman hokimi lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Nilufar Allabergenova Toshkentdagi tumanlaridan biriga tayinlangan ilk ayol hokim edi.








