Netanyahu va Tramp Eron urushidan keyin ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

Bosh vazir samolyotining uchishi hech qanday izohsiz bir necha soatga kechiktirilgan hamda parvoz odatdagidek “Ben-Gurion” aeroportidan emas, Nevatim bazasidan amalga oshirilgan. Uning safari jadvali va aniq vaqtlari xavfsizlik nuqtai nazaridan oldindan ochiqlanmadi.
Vashingtonga jo‘nashdan avval Netanyahu bu Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi u bilan o‘tkazayotgan 8-uchrashuvi ekanini ta’kidlagan. Muloqotning asosiy mavzulari Eron mojarosi, xavfsizlik va mintaqaviy tinchlikni kengaytirish bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar G‘azo sektoriga Xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini kiritish, Livan, Suriya, Turkiya bilan munosabatlar hamda “Ibrohim kelishuvlari” istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Netanyahu chorshanba kuni Vashingtonni tark etishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida u Isroilning yaqin do‘sti bo‘lgan marhum senator Lindsi Grem bilan ham xayrlashadi.







