Istanbul aeroportida hushidan ketgan 19 yoshli o‘zbekistonlik bemor O‘zbekistonga qaytarildi

Fuqaro A.S. zudlik bilan Istanbulning Boshakshehir tumanidagi shahar shifoxonasiga yotqizilib, unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bemorning davolanish xarajatlarining bir qismi Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar tomonidan yig‘ib berilgan.
Shundan so‘ng O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi holatni to‘liq nazoratga olib, fuqaroning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishini tashkil etdi.
Natijada 19 yoshli fuqaro mas’ul tashkilotlar ko‘magida vatanga olib kelindi. Bosh konsulxona og‘ir vaziyatda yordam qo‘lini cho‘zgan vatandoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.







