“Hududiy elektr tarmoqlari” raisi o‘rinbosari Navoiy shahriga hokim bo‘ldi

U ushbu lavozimga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Yangi tayinlov orqali u 2023-yilning iyul oyidan buyon shahar hokimi sifatida ishlab kelgan Dilmurod Ergashevning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Bobur Islomov 1981-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan. U faoliyati davomida Navoiy davlat konchilik instituti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti hamda Oliy biznes maktabini tamomlagan.









