Behruz Karimov Shveysariya klubiga o‘tmoqda

Yaqin kunlarda transferga oid barcha rasmiy hujjatlashtirish ishlari yakunlanadi va futbolchi “Lugano” qarorgohiga jo‘nab ketadi.
Yangi jamoa – 1908-yilda tashkil etilgan, Shveysariyaning eng boy tarixga ega klublaridan biri. 2000-yillardagi moliyaviy inqirozdan so‘ng qayta tiklanib, 2015-yilda elita divizioniga qaytgan va shundan buyon muntazam ravishda Yevrokuboklarda qatnashib kelmoqda.
O‘tgan mavsumda “Lugano” mamlakat chempionatida “Bazel” va “Yang Boyz” kabi grandlarni ortda qoldirib, 3-o‘rinni egalladi hamda Konferensiyalar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. So‘nggi yirik tituli esa 2022-yildagi Shveysariya kubogi hisoblanadi.
Ayni paytda jamoani 44 yoshli shveysariyalik mutaxassis Mattia Krochi-Torti boshqarib kelmoqda. U 2021-yildan buyon klubda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda








