Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Reklama

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli

Reklama
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

AQShning Oregon shtati va SeaTac shahri ham 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

31-avg, 09:19

AQShning Oregon shtati hamda Vashington shtatidagi SeaTac shahri 2026-yil 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi. Bu haqda tegishli rasmiy deklaratsiyalar qabul qilindi.

Oregon gubernatori Tina Kotek imzolagan hujjatda 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi ekani qayd etilgan. Unda O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy islohotlari, xalqaro aloqalari kengayib borayotgani hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni ta’kidlangan.

Shuningdek, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, yashil energetika va turizm sohalaridagi hamkorlik rivojlanib borayotgani qayd etilgan. Oregon shtati O‘zbekiston bilan madaniy, iqtisodiy, ta’lim va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.

Shu munosabat bilan Oregon gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtatda “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qilgan. Deklaratsiyani Oregon davlat kotibi Tobias Rid ham imzolagan.

Bundan tashqari, Vashington shtatidagi SeaTac shahri meri Mohamed Egal ham 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi.

SeaTac deklaratsiyasida O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosi, shuningdek, mamlakatda ilg‘or ishlab chiqarish, aerokosmik sanoat va zamonaviy texnologiyalarga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar alohida qayd etilgan.

Hujjatda SeaTac shahrida G‘arbiy AQSh–O‘zbekiston savdo missiyasi vakolatxonasini tashkil etish rejalari ham tilga olingan. Bu tashabbus O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotganining ifodasi sifatida baholangan.

SeaTac meri shahar aholisini O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni e’tirof etishga chaqirgan.

Reklama

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari Vatanga qaytarildi

14-sen, 17:52
#O‘zbekiston

Nijnekamskdagi fojiada og‘ir yaralangan so‘nggi o‘zbekistonlik Qozondan Toshkentga olib kelindi

14-sen, 17:29
#Jamiyat

Tadbirkorlardan noqonuniy 5,5 milliard so‘m yig‘gan “Hududiy elektr tarmoqlari” javobgarlikka tortilmoqda

14-sen, 17:13
#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Dunyo

Litvada juma namozi vaqtida masjid oldida cho‘chqa boshi bilan provokatsiya uyushtirildi

14-sen, 16:59
#Dunyo

Isroil madaniyat vaziri Venetsiyadagi “NAZA” filmi mualliflarini fuqarolikdan mahrum etishga chaqirdi

14-sen, 15:12

Kun tanlovi

#Siyosat

O‘zbekiston va Koreya Seulda 12 milliard dollarlik yirik loyihalar paketini tayyorladi

14-sen, 17:09
#Siyosat

Markaziy Osiyo va Koreya savdosi 5,7 mlrd dollarga yetdi

14-sen, 11:45
#Siyosat

Seulning eng baland binosi – Lotte Tower O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi

14-sen, 11:18

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Qashqadaryoda ham ekopolitsiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

12-sen, 11:47
#Jamiyat

Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ota va uning ikki o‘g‘lidan birining jasadi topildi

9-sen, 14:45
#Jamiyat

Toshkentda o‘quvchiga majburan jism yuttirilgani bo‘yicha Bolalar ombudsmani tekshiruv boshladi

7-sen, 18:04
#Jamiyat

“To‘yning ertasi kuniyoq tillalarni kuyovning oilasiga berganman”. Turkiyada tillalarni olib qochganlikda ayblangan o‘zbeksitonlik kelin izoh berdi

9-sen, 12:12
#Jamiyat

Chorvoq fojiasi: suv omborida cho‘kib ketgan ota va o‘g‘illarning barchasining jasadi topilib, qutqaruv yakunlandi

10-sen, 15:25
#Dunyo

Rasmiy Toshkent Saudiya Arabistoniga qilingan raketa va dron hujumlarini keskin qoraladi

13-sen, 08:35
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ
Bosh muharrir: Qadamov Javohir Azizbek oʻgʻli