Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumaniga hokim bo‘ldi

Jumaboyev Akmal Muradovich Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Akmal Jumaboyev 1987-yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2013-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida yoshlar tashkilotlari va davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2021-yildan shu kunga qadar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.







