“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan qashqadaryolik o‘qituvchi mukofot pulidan kitobxonlikni ommalashtirishda foydalandi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi 5-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Gulzoda Eshonqulova yaqinda «Yil o‘qituvchisi» tanlovi g‘olibi bo‘lib, 616 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritgandi.
Endilikda o‘qituvchi ushbu mukofot pulining bir qismini o‘zi faoliyat yuritayotgan o‘quv markazi o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladigan kitobxonlik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash uchun sarflamoqchi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot xizmat xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, ta’limdan kelgan daromad yana ta’limga sarmoya qilinmoqda.








