Xorazmga 10 dona gibrid turdagi trolleybuslar olib kelindi

Xorazm viloyatida jamoat transporti xizmatlarini yanada zamonaviylashtirish maqsadida Urganch – Xiva yo‘nalishiga yangi trolleybuslari xarid qilindi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Xitoy Xalq Respublikasining “Yutong” kompaniyasidan 10 dona gibrid turdagi zamonaviy trolleybuslar olib kelindi.
Ushbu harakat tarkiblari yangidan tashkil etilgan Urganch xalqaro aeroporti – Urganch temir yo‘l vokzali – Xiva temir yo‘l vokzalini bog‘lovchi yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi.
Natijada Urganch – Xiva – Urganch yo‘nalishida trolleybuslarning oraliq harakat intervali 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqaradi.







