Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtiriladi

17-sen, 16:06
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lo…

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davaktiv agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyevga tayanib Spot.uz xabar bermoqda.

17-sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VIII xalqaro Cbonds konferensiyasida so‘zga chiqqan Miraliyev tez orada ikki davlat kompaniyasi — UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tender e’lon qilinishini bildirgan.

Amaldagi rejaga ko‘ra, UzAuto Motors AJdagi davlatning 99,7 foizlik ulushi, UzAuto Motors Powertrain AJdagi esa 100 foizlik davlat ulushi xususiylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu jarayon yangi qaror bilan emas, davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga qaratilgan avvalgi rejalarni amaliy bosqichga olib chiqish doirasida amalga oshirilmoqda. Spot ma’lumotiga ko‘ra, mazkur kompaniyalarni xususiylashtirish avvalroq 2025-yil oxiri va 2026-yil boshiga rejalashtirilgan edi.

Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoni bilan 2026-yilda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha yangi maqsadlar belgilangan.

Farmonga ko‘ra, yil davomida davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 84 ta jamiyatdagi ulushlar, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va 8 ming gektar yer uchastkasini savdoga chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlarini sotish orqali qariyb 100 trln so‘mlik aktivlarni savdoga chiqarish va kamida 14 trln so‘m tushum ta’minlash maqsad qilingan.

Farmonning “Yo‘l xaritasi”da esa UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain ustav kapitalidagi davlat ulushlarini xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish belgilangan. Unga ko‘ra, kompaniyalarni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va savdo jarayonlarini tashkil etish uchun xalqaro “Alvarez & Marsal” kompaniyasi jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, xususiylashtirishdan oldin kompaniyalarning investitsion, ishlab chiqarish va moliyaviy holati bo‘yicha materiallar tayyorlanadi. Shundan so‘ng UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain aksiyalarini xalqaro bozorda ochiq ommaviy savdolarga chiqarish rejalashtirilgan.

Savdo yakunida g‘olib aniqlangach, hukumatning “General Motors” bilan tuzgan kelishuvidagi tegishli majburiyatlar yangi investor — davlat ulushini sotib olgan savdo g‘olibiga o‘tkazilishi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Davaktivning 17-sentabrdagi bayonoti PF-177-son Farmonda belgilangan UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain’dagi davlat ulushlarini xususiylashtirish rejasining amaliy bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatmoqda.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish