Tramp Eron tahdidi tufayli ovqat tashuvchi yuk mashinada yashirinishga majbur boʻldi

Tramp telekameralar koʻz oʻngida eski Air Force One samolyotiga chiqqan. Keyin esa jurnalistlar va baʼzi Oq uy xodimlari bilmagan holda, samolyotning qarama-qarshi tomonidagi eshik orqali aeroportning ovqat tashuvchi yuk mashinasiga oʻtirgan va soʻngra yashirincha kichikroq harbiy samolyotga oʻtkazilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shundan soʻng Tramp Buyuk Britaniyaga yetib kelgan. Eski Air Force One esa chalgʻituvchi vosita sifatida keyinroq yetib borgan. U yerda Tramp yana eski samolyotga oʻtib, odatiy tarzda undan tushgan va Qatardan sovgʻa qilingan yangi samolyotda Vashingtonga yoʻl olgan.
Oq uy ushbu maxfiy operatsiyani rasman tasdiqlagani yoʻq.






