Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Toshkentda jazirama tufayli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

13-iyl, 14:27
Toshkent shahrida jazirama sababli yuqori yuklama natijasida elektr energiyasi tarmog‘ida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda shahar Magistral elektr tar…

Toshkent shahrida jazirama sababli yuqori yuklama natijasida elektr energiyasi tarmog‘ida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda shahar Magistral elektr tarmoqlari filiali xabar berdi.

Shuningdek, shahar aholisi ayrim hududlarda qisqa muddatli elektr ta'minotidagi uzilishlar hamda avariyaviy o'chirishlar yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirilgan.

Hozirda mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta'minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozliklarni imkon qadar tezkor bartaraf etish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rilmoqda.

Shuningdek, Energetika vazirligida yoz mavsumida yoqilg‘i-energetika tizimi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kutilayotgan issiq kunlarda respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 280 mln kVt·soat, maksimal yuklama esa 13–13,3 GVtgacha yetishi prognoz qilinmoqda. Shu bois barcha tizim korxonalariga elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarning ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda profilaktik nazoratni kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha vazifalar belgilandi.

Kutilayotgan issiq ob-havo sharoitida benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etgan holda, kuchaytirilgan nazorat asosida tashkil etish topshirildi. Shuningdek, Toshkent shahrida yong‘in va portlash xavfini kamaytirish maqsadida havo harorati yuqori bo‘lgan vaqtlarda suyultirilgan gazni ortish-tushirish ishlarini vaqtincha to‘xtatib turish belgilandi.

Qolaversa, yig‘ilishda Toshkent shahridagi ayrim podstansiyalarda kuzatilgan nosozliklar va ular oqibatida yuzaga kelgan avariyaviy uzilishlar tanqidiy muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tegishli mas’ullarning shaxsiy javobgarligi belgilanib, ayrim rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Mazkur talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bosh prokuratura, “O‘zenergoinspeksiya” hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublika hududlaridagi energetika obyektlari va yoqilg‘i infratuzilmasida yong‘in hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan kuchaytirilgan o‘rganishlar va nazorat reydlari tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, iste’molchilar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, avariyaviy holatlar haqida aholini o‘z vaqtida xabardor qilish hamda hududlardagi navbatchilik tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi jarohatlangan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

29-okt, 12:25
Farg‘ona shahrida 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan qulab vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, prokuratura tekshiru…
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.  Uyning yerto‘la qismiga …
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Yana koʻrsatish