Toshkentda elektr podstansiya portlab, yonib ketdi

Kecha, 8-iyun kuni soat 20:23da Toshkent shahar Olmazor tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiyada shit portlab, yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar FVBBga xabar berdi.
Holat yuzasidan chaqiruv kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmasi aytilgan manzilga soat 20:26 da yetib borib, aytilgan manzilda yuqori kuchlanishli elektr kabellarda qisqa tutashuv sodir bo‘lgani aniqlangan. Qisqa fursatda ying‘in so‘ndirilib, vaziyat bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.







