Toshkentda daraxt sinib, harakatlanayotgan mashinalar ustiga quladi

Bugun, 2-sentyabr kuni tonggi soat 05:32 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p yillik daraxt sinib, harakatlanib borayotgan avtomashinalar ustiga quladi. Bu haqda FVBB xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Shahrisabz mahallasi Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari va hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan hamda tezkor choralar ko‘rilib, yo‘ldagi to‘siqlar bartaraf etilgan. Avtomobillar harakati qayta tiklandi.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi FVBB xabarida.








