Shavkat Mirziyoyev Gruziya Faxriy mehmonlar kitobida qanday tilak qoldirdi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Prezident Mixail Kavelashvilining qarorgohidagi Faxriy mehmonlar kitobiga esdalik yozuvini qoldirdi.
Davlat rahbari o‘z yozuvida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashviliga samimiy qabul va yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, gruzin xalqiga ezgu tilaklarini izhor etdi.
Prezidentning yozuvida shunday deyiladi:
"Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili janobi oliylariga samimiy qabul uchun, ko‘rsatilgan yuksak hurmat va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman. Do‘st gruzin xalqiga tinchlik, omonlik, farovonlik va doimiy ravnaq tilayman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev."
Mazkur esdalik yozuvi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikning yana bir ramziy ifodasi bo‘ldi.







