Samarqandda Imom Buxoriy ilmiy merosiga bag‘ishlangan muhokamalar davom etmoqda

Forumning ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda xalqaro tashkilotlar va diniy idoralar vakillari tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, Masjid al-Harom bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd, ICESCO bosh direktori Salim Al Malik va boshqa nufuzli diniy arboblar forum qatnashchilarini qutladi.

.jpg&w=3840&q=75)
Forum doirasida "Imom Buxoriy kamolotiga ta'sir ko‘rsatgan geografik, ijtimoiy va oilaviy muhit" mavzusida ilmiy ma'ruzalar tinglandi. Saudiya Arabistoni, Hindiston, Turkiya, Liviya va Jazoirdan kelgan olimlar Imom Buxoriyning shakllanishida Buxoro va Samarqand ilmiy muhiti, oilaviy tarbiya, ustoz-shogird an'analari hamda IX asr Movarounnahr ma'naviy hayotining o‘rni haqida fikr bildirdi.








