Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Qozog‘istonga kirishda pullik elektron ruxsatnoma talab qilinadi

2-sen, 10:48
Qozog‘istonga kirishda pullik elektron ruxsatnoma talab qilinadi

Qozog‘iston vizasiz rejim asosida mamlakatga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun Electronic Travel Authorization (ETA) – elektron kirish ruxsatnomasi tizimini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Yangi tartib O‘zbekiston fuqarolariga ham taalluqli bo‘ladi. Qozog‘istonning rasmiy manbalarida ETA vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolari uchun mo‘ljallangani va ruxsatnoma QazETA raqamli platformasi orqali rasmiylashtirilishi qayd etilgan.

Qozog‘istonning QazETA platformasiga ko‘ra, xorijliklar safardan kamida 72 soat oldin ETA uchun ariza topshirishi kerak. Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi. Biroq ETA mamlakatga kirishni avtomatik ravishda kafolatlamaydi — yakuniy qaror chegaradagi nazorat vaqtida qabul qilinadi.

Yangi tizim 25-avgustdan 1-noyabrgacha sinov rejimida ishlaydi. Shu davrda xorijliklar ETA olmagan bo‘lsa ham Qozog‘istonga kiritiladi. Keyingi bosqichda esa elektron ruxsatnoma majburiy tus oladi.

1-noyabrdan ETA Qozog‘istonga samolyot orqali keladigan xorijliklar uchun majburiy bo‘lishi kutilmoqda. 15-noyabrdan esa talab avtomobil yoki avtobusda Qozog‘istonning O‘zbekiston, Xitoy va Turkmaniston bilan chegaralaridan kiruvchilarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichlarda Rossiya va Qirg‘iziston bilan avtomobil chegaralari, shuningdek, temir yo‘l va dengiz orqali kirish punktlari ham tizimga qo‘shiladi.

Bu tartib O‘zbekistondan Qozog‘istonga avtomobil yoki avtobusda boradigan fuqarolarga ham bevosita taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, Toshkentdan Chimkent yoki Olmaotaga yo‘l oladigan yo‘lovchilar safardan oldin ETA rasmiylashtirishi talab etiladi.

Qozog‘istonga kirishda pullik elektron ruxsatnoma talab qilinadi

Hozircha elektron ruxsatnoma uchun to‘lov miqdori yakuniy tasdiqlanmagan. Ayrim manbalarda QazETA orqali oldindan rasmiylashtiriladigan ETA narxi 3 900 tenge, chegarada rasmiylashtirilganda esa 7 800 tenge bo‘lishi kutilayotgani aytilmoqda. Biroq Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi bu masala hali ochiqligicha qolayotganini bildirgan.

Rossiyaning RBC nashri ham yangi tartib Rossiya fuqarolariga ham taalluqli bo‘lishini yozdi. Nashr Qozog‘iston IIViga tayanib, elektron ruxsatnoma uchun to‘lov va tizimning ayrim yakuniy shartlari bo‘yicha qaror hali qabul qilinmaganini qayd etgan.

Rossiyaning Meduza nashri esa Serbiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, ETA uchun 3 900 tenge atrofida to‘lov olinishi, chegarada rasmiylashtirilganda esa summa ikki baravar yuqori bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.

Qozog‘istonning rasmiy QazETA platformasi hozirning o‘zida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarining ID-kartalarini ETA uchun qabul qilinadigan hujjatlar qatorida ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, ETA vizaning o‘zi emas va uning joriy etilishi Qozog‘istonning vizasiz rejimini bekor qilmaydi. Tizim xorijliklarning mamlakatga safaridan oldin elektron tarzda ruxsat olishini nazarda tutadi.

  • #Qozog‘iston
  • #elektron ruxsatnoma
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

“Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va 23 yil davomida boşqariş huquqi Turkiya hamda Qatar kompaniyalariga berildi

13-noy, 12:17
#Jamiyat

Özbekistonda san’atkorlarga uy-joy sotib oliş uçun ipoteka subsidiyasi beriladi

13-noy, 12:12
#Jamiyat

Nihoyat! Endi piyodalar yölagida qoldirilgan avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi

13-noy, 11:47
#Jamiyat

Özbekistondagi uçta yirik universitetning rektorlari işdan olindi

13-noy, 11:14
#Jamiyat

Özbekistonda ilmiy faollik körsatgan xodimlarning maoşiga 10 foizgaça ustama qöşiladi

13-noy, 11:10
#Dunyo

Sadir Japarov Qirğiziston janubida qirğizlar va özbeklar örtasida millatlararo nizo qözğatmoqçi bölayotganlar haqida gapirdi

13-noy, 11:00

Kun tanlovi

#Dunyo

Sadir Japarov Qirğiziston janubida qirğizlar va özbeklar örtasida millatlararo nizo qözğatmoqçi bölayotganlar haqida gapirdi

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ayrim siyosiy kuçlar bölajak prezidentlik saylovini izdan çiqariş va Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli qurilişiga tösqinlik qiliş maqsadida mamlakat janubida millatlararo adovat keltirib çiqarişga urinişi mumkinligini ma’lum qildi.

13-noy, 11:00
#Dunyo

Rossiyaga kirayotgan çet elliklarning telefondagi yozişmalari tekşiriladi

13-noy, 10:13
#Dunyo

Qozoğistonda qariyb 100 ming fuqaro bankrot deb topildi

12-noy, 10:34

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

“Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va 23 yil davomida boşqariş huquqi Turkiya hamda Qatar kompaniyalariga berildi

13-noy, 12:17
#Jamiyat

Özbekistonda san’atkorlarga uy-joy sotib oliş uçun ipoteka subsidiyasi beriladi

13-noy, 12:12
#Jamiyat

Nihoyat! Endi piyodalar yölagida qoldirilgan avtomobil jarima maydoniga olib ketiladi

13-noy, 11:47
#Jamiyat

Özbekistondagi uçta yirik universitetning rektorlari işdan olindi

13-noy, 11:14
#Jamiyat

Özbekistonda ilmiy faollik körsatgan xodimlarning maoşiga 10 foizgaça ustama qöşiladi

13-noy, 11:10
#Dunyo

Sadir Japarov Qirğiziston janubida qirğizlar va özbeklar örtasida millatlararo nizo qözğatmoqçi bölayotganlar haqida gapirdi

13-noy, 11:00
Yana koʻrsatish