Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Pastdarg‘omdagi qo‘y bozorida fuqaro qo‘y sotib, soxta 700 dollar olganini aytmoqda

7-sen, 17:43
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi chorva mollari bozorida qo‘y sotgan fuqaro xaridordan olgan 700 AQSh dollari qalbaki bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi chorva mollari bozorida qo‘y sotgan fuqaro xaridordan olgan 700 AQSh dollari qalbaki bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi.

Murojaatchi Portal24’ga aytdiki, u bozorda ikki dona qo‘yini sotgan. Buning evaziga xaridor undan 700 ming so‘m va 700 AQSh dollari bergan.

Fuqaro pulni bozor hududida taxminan soat 05:30 larda olganini bildirdi. Uning aytishicha, dollarlarni olgan vaqtda ko‘zdan kechirgan va kupyuralar bir-biriga o‘xshash bo‘lgani sababli shubhalanmagan.

Keyinchalik, taxminan soat 10:00 larda, Pastdarg‘om tumanidagi kiyim bozoriga borib, 700 dollarni valyutachilarga almashtirmoqchi bo‘lganida, ular pullar qalbaki ekanini aytishgan.

Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, u xaridorni shaxsan tanimaydi. Voqeadan xabar topganidan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 102 va 1102 raqamlariga bir necha bor murojaat qilganini bildirgan.

Uning aytishicha, murojaatidan uch kun o‘tgan bo‘lsa-da, hozircha masala bo‘yicha natija bo‘lmagan. Bugun esa uchastka noziri uni chaqirib, bozor hududidagi videokuzatuv kameralarini birgalikda ko‘rgan.

Murojaatchi kamera yozuvida xaridor aniq ko‘rinmayotganini, boshqa kameralarni ham ko‘rishni so‘raganida esa bozor hududida boshqa kamera yo‘qligi aytilganini bildirdi.

Ayni paytda fuqaro holatga aniqlik kiritilishi, voqea yuzasidan tegishli surishtiruv o‘tkazilishi va qalbaki valyutani bergan shaxsni aniqlashda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ramoqda.

Mazkur holatda fuqaro haqiqatan ham qalbaki valyuta orqali aldangan bo‘lsa, ushbu shaxs yoki shaxslar bundan avval ham boshqa fuqarolarni shu kabi usulda chuv tushirgan bo‘lishi ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi. Shu sababli voqea yuzasidan atroflicha surishtiruv o‘tkazib, qalbaki valyutani bergan shaxsni aniqlash muhim.

Zero, agar bu holat yakka tartibdagi hodisa bo‘lmasa, boshqa fuqarolar ham xuddi shunday usulda jabrlangan bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli tashkilotlardan mazkur murojaatni nazoratga olib, holatga huquqiy baho berish hamda ehtimoliy boshqa jabrlanuvchilarni aniqlash choralarini ko‘rish so‘raladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Kun tanlovi

2026-yil 24-oktyabrga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uyda yashagan 26 yoshli ayol jasadi topilgan, hodisa yuzasidan qasddan…
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

2026-yil 24-oktyabrga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uyda yashagan 26 yoshli ayol jasadi topilgan, hodisa yuzasidan qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

27-okt, 15:12
Toshkent shahrining Shahrisabz ko‘chasida uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan yangi alohida avtobus (BRT) yo‘lagi rasman foydalanishga topshirildi.
#Jamiyat

Shahrisabz ko‘chasida yangi avtobus yo‘lagi ochilib, Sergeli va Yunusobod o‘rtasida uzluksiz jamoat transporti yo‘li shakllantirilmoqda

26-okt, 16:58
Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markazida sun'iy intellekt bilan boshqariladigan robot-assistent yordamida tos-son b…
#Jamiyat

O’zbekistonda jarrohlik operatsiyasi robot yordamida amalga oshirildi

26-okt, 14:36

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18
#O‘zbekiston

Qashqadaryoda 138 mln dollarlik loyiha doirasida ikkita shifoxona qurilishi boshlandi

27-okt, 12:46
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36
Yana koʻrsatish