Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonning “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga chiqarildi

5-avg, 09:53
Bugun, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 dan 09:00 ga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Xayyan Sharqiy kosmodromidan “Samarkand-2028” Yerni masof…

Bugun, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 dan 09:00 ga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Xayyan Sharqiy kosmodromidan “Samarkand-2028” Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirildi. Bu haqda O‘zbekkosmos agentligi xabar berdi.

Mazkur sun’iy yo‘ldosh Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan O‘zbekistoning Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “O‘zbekkosmos” bilan hamkorlikda yaratilgan.

“Samarkand-2028” – Yerni masofadan zondlash bo‘yicha giperspektral sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi. An’anaviy sun’iy yo‘ldoshlar tasvirlarni cheklangan spektral kanallarda qayd etsa, giperspektral texnologiya Yer yuzasidan qaytgan nurlanishni 20 va undan ortiq spektral diapazonlarda tahlil qilish imkonini beradi. Bu texnologiya obyektlarning tarkibi va holati haqida ancha batafsil ma’lumot olish imkonini yaratadi.

Ayniqsa, giperspektral ma’lumotlardan:

  • - qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va holatini aniqlash;
  • - o‘simliklarning rivojlanishini monitoring qilish;
  • - suv va tabiiy resurslarni kuzatish;
  • - ekologik holatni baholash;
  • - yerdan foydalanish jarayonlarini monitoring qilish kabi yo‘nalishlarda foydalanish mumkin.

Missiyaning eng muhim texnologik jihatlaridan biri – sun’iy yo‘ldosh bortiga “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt modulini integratsiya qilinganidir. AI moduli sun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan tasvirlarni bevosita orbitada avtomatik tahlil qilish imkonini beradi. Ya’ni zarur ma’lumotlarni Yerga uzatishdan oldin ularning muayyan qismi kosmik apparatning o‘zida qayta ishlanadi. Bu esa, Yerga uzatiladigan ma’lumotlar hajmini kamaytirish, muhim axborotni tezkor olish, ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish, keyingi tahlil jarayonlarini tezlashtirish imkonini beradi.

Sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, ekologik monitoring, tabiiy resurslarni kuzatish, favqulodda vaziyatlarni barvaqt aniqlash, shaharsozlik hamda yer resurslaridan samarali foydalanish kabi strategik yo‘nalishlarda foydalaniladi.

Sun’iy yo‘ldoshga “Samarkand-2028” nomi berilishi bejiz emas. 2025-yilda Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) doirasida Samarqand shahri 2028 yilda o‘tkaziladigan 79-Xalqaro astronavtika kongressining mezboni sifatida tanlangan.

Bu O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo uchun muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Chunki mintaqada birinchi marta kosmik sohaning eng nufuzli xalqaro forumlaridan biri O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Shu ma’noda, “Samarkand-2028” nomi O‘zbekistonning xalqaro kosmik hamjamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ifodalaydi.

Samarqand – ilm-fan va kosmos merosi

“Samarkand-2028” nomi zamonaviy kosmik texnologiyalar bilan bir qatorda O‘zbekistonning boy ilmiy merosini ham o‘zida mujassam etadi.

Samarqand asrlar davomida ilm-fan, astronomiya va ma’rifat markazlaridan biri bo‘lib kelgan. XV asrda buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek aynan Samarqandda o‘z davrining eng ilg‘or astronomik rasadxonalaridan birini barpo etgan.

Oradan qariyb olti asr o‘tib, Samarqand nomi yana kosmos bilan bog‘liq muhim voqea markazida turibdi. Mirzo Ulug‘bekning astronomik merosidan tortib, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan jihozlangan yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlarigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘li O‘zbekistonda ilm-fan va texnologiyalarning uzviy davomiyligini namoyon etadi.

O‘zbekistonning kosmik salohiyati

Kosmik sohada amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning amaliy natijasidir.

“Samarkand-2028” loyihasi doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish va uning intellektual tizimlarini yaratish jarayonida ishtirok etishi milliy kosmik muhandislik salohiyati shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Bu esa O‘zbekistonning kosmik texnologiyalardan foydalanuvchi davlatdan ushbu texnologiyalarni ishlab chiqish va yaratishda ishtirok etuvchi davlatga

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish