O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan xorijliklar soni 2 baravardan ziyodga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–iyun oylarida mamlakatga kelgan xorijlik talabalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,5 ming nafarga oshib, 21 042 nafarga yetdi. Talabalar oqimi bo‘yicha Turkmaniston yetakchilik qilmoqda – 9 207 nafar. Keyingi o‘rinlarni Hindiston (3 723) va Tojikiston (1 915) egallagan.
Shuningdek, Xitoy (951), Qirg‘iziston (834), Pokiston (689), Misr (603), Janubiy Koreya (526), Filippin (367) va AQShdan (302) ham yuzlab yoshlar O‘zbekiston OTMlarini tanlagan. Boshqa davlatlardan kelganlar soni esa 1 925 nafarni tashkil etdi.
Mutaxassislar buni respublikada 30 dan ortiq xorijiy universitet filiallari hamda 70 dan ziyod nodavlat OTMlar faoliyat yuritayotgani bilan izohlamoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi hamyonbop kontrakt narxlari va arzon yashash xarajatlari xalqaro talabalar uchun asosiy jozibadorlik omili bo‘lib xizmat qilmoqda.







