Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

O‘zbekistonda vazir o‘rinbosarlari, hokimlar va qator boshqa tizim mansabdorlari yangi tartib bilan tayinlanadi

14-avg, 17:02
O‘zbekistonda qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash hamda ozod etish tartibi o‘zgaradi. Yangi tartib Prezident A…

O‘zbekistonda qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash hamda ozod etish tartibi o‘zgaradi. Yangi tartib Prezident Administratsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi Konstitutsiyaviy qonunda belgilandi.

Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 6-avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 7-avgustda ma’qullangan. Qonun 14-avgust kuni e’lon qilindi va shu kundan kuchga kiradi.

Asosiy o‘zgarish bir qator qonunlardagi “prezident tomonidan tayinlanadi” yoki “prezident bilan kelishilgan holda” kabi iboralar umumiyroq bo‘lgan “prezident tomonidan belgilanadigan tartibda” degan shaklga o‘zgartirilmoqda.

Vazir o‘rinbosarlari qanday tayinlanadi?

Qonunga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, ya’ni vazirlik va boshqa respublika darajasidagi ijro etuvchi organlarning rahbarlari prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Ularning o‘rinbosarlari ham prezident tomonidan, biroq prezident belgilaydigan tartib asosida tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Shu bilan vazir o‘rinbosarlari va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining tayinlanishida yagona tartib belgilanyapti.

Hokimlarni tayinlashda qanday o‘zgarish bor?

Qonunda mahalliy hokimiyat organlariga oid amaldagi tartib ham o‘zgartirilgan.

Xususan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning tegishli normasida hokimlarni tayinlash bilan bog‘liq “prezident bilan kelishilgan holda” degan ibora “prezident tomonidan belgilanadigan tartibda” degan ibora bilan almashtirildi.

Bundan tashqari, yangi qonun Prezident Administratsiyasiga viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish bo‘yicha prezident vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash vazifasini yuklaydi.

Administratsiya, shuningdek, prezidentning Konstitutsiya va qonunlarni buzgan yoki hokimning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlar sodir etgan tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod etish bo‘yicha vakolatlarini amalga oshirishni ham ta’minlaydi.

Ichki ishlar va soliq tizimidagi rahbarlar

Qonun bilan davlat soliq xizmati va ichki ishlar organlaridagi ayrim rahbar lavozimlarini tayinlash tartibiga oid normalar ham yangilanmoqda.

“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonunda rahbarni tayinlashga oid “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan” degan ibora “O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga” degan shaklga o‘zgartirildi.

Xuddi shunday, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunda ham tegishli norma prezident tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiqlashtirildi.

Prezident Administratsiyasining vakolatlari ham aniq belgilanmoqda

Yangi qonun Prezident Administratsiyasining davlat organlari rahbarlari bilan bog‘liq vakolatlarini ham kengroq belgilaydi.

Jumladan, Administratsiya davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyatini baholashi, prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilishi mumkin.

Rahbarlar o‘z vazifalarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, ularni intizomiy javobgarlikka, hatto lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llash masalasida tashabbus ko‘rsatish vakolati ham nazarda tutilgan.

Administratsiya rahbari esa tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha prezidentga taklif kiritadi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ayrim davlat organlari va tashkilotlari mansabdorlarini lavozimga tayinlashi va lavozimidan ozod etishi mumkin.

Qonun nimani o‘zgartiradi?

Umuman olganda, hujjat davlat organlari rahbarlarini tayinlash tizimida vakolat va tartiblarni aniqroq belgilashga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari prezident tomonidan tayinlanadi. Ularning o‘rinbosarlari ham prezident belgilaydigan tartib asosida tayinlanadi. Hokimlar, soliq va ichki ishlar tizimidagi rahbarlar bo‘yicha esa tegishli qonunlardagi tayinlash tartiblari prezident belgilaydigan mexanizmlarga moslashtiriladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Vazirlik vakili Özbekistonni kambağallikni qisqartiriş böyiça “çempion davlat” deb atadi
#Siyosat

Vazirlik vakili Özbekistonni kambağallikni qisqartiriş böyiça “çempion davlat” deb atadi

30-okt, 15:51
Toşkentda erkak muşukni böğib, uning oyoğini şikastladi
#Jamiyat

Toşkentda erkak muşukni böğib, uning oyoğini şikastladi

30-okt, 12:03
Turkiyada qoya qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
#Dunyo

Turkiyada qoya qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

30-okt, 09:48
Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45

Kun tanlovi

Özbekistonda töqqiz oy yakuniga köra, kambağallik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgaça kamaydi. Bu haqda 28-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan matbuot anjumanida …
#Siyosat

Vazirlik vakili Özbekistonni kambağallikni qisqartiriş böyiça “çempion davlat” deb atadi

Özbekistonda töqqiz oy yakuniga köra, kambağallik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgaça kamaydi. Bu haqda 28-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan matbuot anjumanida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirining birinçi örinbosari Marat Jörayev ma’lum qildi.

30-okt, 15:51
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Siyosat

Vazirlik vakili Özbekistonni kambağallikni qisqartiriş böyiça “çempion davlat” deb atadi

30-okt, 15:51
#Jamiyat

Toşkentda erkak muşukni böğib, uning oyoğini şikastladi

30-okt, 12:03
#Dunyo

Turkiyada qoya qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

30-okt, 09:48
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Yana koʻrsatish