Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda aholi omonatlari bo‘yicha stavkalar so‘nggi besh yildagi eng past darajaga tushdi

6-avg, 16:04
Oʻzbekistonda 2026-yilning iyun oyida jismoniy shaxslarning soʻmdagi omonatlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 19,2 foizni tashkil etib, 2021-yil martidan b…

Oʻzbekistonda 2026-yilning iyun oyida jismoniy shaxslarning soʻmdagi omonatlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 19,2 foizni tashkil etib, 2021-yil martidan buyon eng past darajaga tushdi. Shu bilan birga, milliy valyutadagi barcha depozitlar boʻyicha oʻrtacha stavka may oyidagi 17,1 foizdan 17,6 foizgacha oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Bu fevral oyidan buyon qayd etilgan ilk oʻsish boʻldi. Biroq shunga qaramay, soʻmdagi depozitlarning oʻrtacha nominal daromadliligi oʻtgan yil iyuniga nisbatan 2,2 foiz bandga past boʻlib qolmoqda. Oʻshanda oʻrtacha stavka 19,7 foizni tashkil etgan.

Qisqa muddatli, yaʼni bir yilgacha boʻlgan depozitlar boʻyicha stavka bir oy ichida 14,7 foizdan 15,4 foizgacha koʻtarildi. Biroq bu ham oʻtgan yilga nisbatan 3,4 foiz bandga past. Bir yildan ortiq muddatli omonatlar boʻyicha oʻrtacha daromadlilik esa deyarli oʻzgarmay, 18,1 foizni tashkil etdi.

Aholi omonatlari

Jismoniy shaxslarning soʻmdagi depozitlari boʻyicha oʻrtacha stavka iyun oyida 19,2 foizni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 0,4 foiz bandga, oʻtgan yilga nisbatan esa 2,1 foiz bandga kam boʻlib, 2021-yil martidan beri eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

Eng katta pasayish qisqa muddatli omonatlarda kuzatildi. Bir yilgacha boʻlgan depozitlar boʻyicha stavka 17,4 foizdan 16,6 foizgacha tushdi. Uzoq muddatli omonatlar boʻyicha esa banklar oʻrtacha 19,6 foiz taklif qildi. Bu may oyidagi 19,9 foiz va oʻtgan yilgi 21,5 foizdan past.

Valyutadagi omonatlar

Xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha oʻrtacha stavka may oyidagi 5,5 foizdan iyunda 4,5 foizgacha pasaydi. Pasayish asosan qisqa muddatli omonatlar hisobiga yuz berdi — ular boʻyicha daromadlilik 5,4 foizdan 3 foizgacha tushdi.

Aholining valyutadagi omonatlari boʻyicha oʻrtacha stavka 5,3 foizni tashkil etdi va deyarli oʻzgarmadi. Yuridik shaxslarning valyutadagi depozitlari boʻyicha oʻrtacha daromadlilik esa 5,6 foizdan 3,8 foizgacha kamaydi.

Biznes depozitlari

Yuridik shaxslarning soʻmdagi depozitlari boʻyicha oʻrtacha stavka iyun oyida 15,2 foizdan 15,3 foizgacha oshdi. Biroq bu koʻrsatkich ham oʻtgan yil iyuniga nisbatan 2,6 foiz bandga past. Bir yilgacha boʻlgan korporativ depozitlar daromadliligi 14,8 foizgacha koʻtarilgan boʻlsa, uzoq muddatli depozitlar boʻyicha stavka 15,9 foizdan 15,5 foizgacha pasaydi.

Real daromadlilik

Inflyatsion kutilmalar hisobga olingan holda, aholining soʻmdagi omonatlari boʻyicha real daromadlilik iyun oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan biroz pasaygan boʻlsa-da, oʻtgan yil iyuniga qaraganda 1,1 foiz bandga yuqori.

Yuridik shaxslar depozitlari boʻyicha real stavka 4,9 foizgacha oshdi, biroq oʻtgan yilga nisbatan hanuz pastligicha qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida soʻmdagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka ham pasayib, 21,6 foizni tashkil etdi. Biznes uchun kreditlar 21,8 foizgacha arzonlashib, 2023-yil oktabridan buyon eng past darajaga tushgan, aholi uchun kredit stavkalari esa biroz oshgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish