O‘shda odam o‘ldirish va IIB xodimlariga hujum qilishda gumonlangan o‘zbekistonliklar ushlandi

Militsiya xodimlari 6-avgust kuni Masaliyev ko‘chasidagi xonadonlardan birida 1988-yilda tug‘ilgan andijonlik fuqaroni ushlagan. Muqaddam bir necha bor sudlangan ushbu shaxs o‘tgan yil oxiridan buyon qidiruvda bo‘lgan. U O‘zbekistonda fuqarolarga hamda IIB xodimlariga nisbatan kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ertasiga, 7-avgust kuni o o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir Andijon viloyati rezidenti qo‘lga olindi. 1985-yilda tug‘ilgan ushbu fuqaro Toshkent shahrida qotillik sodir etib, so‘ngra qo‘shni davlatga yashiringanlikda gumon qilinmoqda.
Hozirda har ikkala gumondor O‘sh shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida ushlab turilibdi. Ular tez orada O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga topshiriladi.







