Olti oyda 18 nafar Ichki ishlar organi xodimi xizmat vaqtida vafot etgan

O’zbekistonda 2026-yilning dastlabki olti oyida 18 nafar Ichki ishlar organi xodimi xizmat burchini ado etish chog‘ida halok halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkentda Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bo‘lgan Portal24.uz muxbiri xabar berdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ning so’zlariga ko‘ra, vafot etganlar bilan birga yana 78 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan.
O‘tgan yilga qiyoslanadigan bo‘lsa, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etgan edi. Shuningdek, 131 nafar xodim esa jarohat olgan.
Esaltib o'tamiz, 2025-yil 25-fevral kuni tunda YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov Mirobod tumanida xizmatda bo‘lgan. U transport vositasini o‘g‘irlab, yuqori tezlikda boshqargan voyaga yetmagan shaxs tomonidan urib yuborilgan. Og‘ir jarohat olgan xodim shifokorlarning urinishlariga qaramay, 27-fevral kuni shifoxonada vafot etgan. Marhumning dafn marosimi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan. Unda davlat va IIV rasmiylari ishtirok etib, xodimning otasiga mamlakat bayrog‘i va harbiy unvon topshirilgan. Joriy yilning 3-mart kuni marhum inspektor xizmatlari va fidoyiligi uchun davlatimiz tomonidan “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.






