Ko‘ksaroyda Narendra Modini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonga samimiy ehtirom ko‘rsatib, uni shohsupaga taklif etgan. Tantanali marosimda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortdi va Harbiylar ijrosida O‘zbekiston hamda Hindiston davlat madhiyalari yangragan.
Yetakchilar Faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga qutlagan va qisqa muloqot o‘tkazgan.
Marosim yakunida har ikki davlat yetakchilarining birgalikda tushgan esdalik surati olingan. Shundan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oliy darajadagi rasmiy muzokaralar jarayoni boshlandi.
Avvalroq Narendra Modining O‘zbekistonga to‘rtinchi safari kutilayotgani haqida xabar bergan edik.







