Kiyevdagi “O‘zbek palovi №1” restorani Rossiyaning dron hujumidan so‘ng yonib ketdi

Joriy yilning 1-iyuldan 2-iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan raketa va dron hujumi oqibatida “O‘zbek palovi №1” restoranlar tarmog‘ining Garmatna ko‘chasi, 4-uydagi filiali jiddiy zarar ko‘rdi.
Hujumdan so‘ng binoda yong‘in kelib chiqqan va u restoran joylashgan xonalardan birini butunlay yo‘q qilgan. Qolgan xonalar ham qisman shikastlangan.
Shunga qaramay, “O‘zbek palovi №1” tarmog‘i faoliyatini davom ettirmoqda. Restoran mijozlarga Garmatna ko‘chasi 1-uy, Degtyarivska ko‘chasi 27-T hamda Lukyanivska ko‘chasi 46-uydagi filiallarida xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Qurbonlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan.







