Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli uchta shaxmatchisi safidan joy olib, O‘zbekiston sportida tarixiy natijani qayd etdi.

AQSh chempionatida Fabiano Karuananing kutilmaganda Endi Vudvordga imkoniyatni boy bergani ortidan Javohir Sindarov 2782 reyting ochkosi bilan dunyoning 3-raqamli shaxmatchisiga aylandi.
Hozirda xalqaro reytingda Sindarovdan faqat norvegiyalik Magnus Karlsen (2823) hamda amerikalik Hikaru Nakamura (2792) oldinda bormoqda. Mazkur ko‘rsatkich O‘zbekiston grossmeysterlarining jahon shaxmat taxtasidagi mavqeyi naqadar yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.
Quvonchli jihati shundaki, yana bir vakil Nodirbek Abdusattorov ham 2780 reyting ochkosi bilan jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi. Shu tariqa, dunyoning eng kuchli besh nafar shaxmatchisining ikki nafari O‘zbekiston vakillari hisoblanadi.









