Özbekistondagi barça maktablarda olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan tögarak oçiladi

Hujjatda belgilanganidek, umumta’lim maktablari qoşida sport klublari va tögaraklari tarmoğini kengaytirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Xususan, hududiy sport maktablarini biriktirgan holda har bir maktabda “maktabdan Sport akademiyasigaça” tamoyili asosida yakka kuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan tögarak faoliyati yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, maktablardagi jismoniy tarbiya fani öqituvçilarining kasbiy faoliyatini rivojlantiriş çoralari köriladi.
Sohada raqamli yeçimlarni joriy etiş maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boşlab sport musobaqalari ğoliblari va sovrindorlarini taqdirlaş tizimi töliq elektron şaklga ötkaziladi. Endilikda iştirokçilarga beriladigan diplom va sertifikatlar “ERP sport” axborot tizimi orqali maxsus QR-kod bilan tasdiqlangan holda rasmiylaştiriladi.
Bundan taşqari, professional sportçilar zaxirasini tayyorlaş tizimini isloh qiliş doirasida Sport vazirligi tasarrufidagi sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida yaxlit Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etilişi belgilandi.
- #olimpiya
- #sport
- #tögarak









