Isroil Madrimovning Toshkentdagi professional boks jangi sanasi ko‘chirildi

“Lift Promotions” promouterlik kompaniyasining ma’lum qilishicha, turnir tashkiliy sabablarga ko‘ra 30-oktyabrdan 10-dekabrga ko‘chirilgan.
Dastlabki reja bo‘yicha ushbu xalqaro boks oqshomi “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Musobaqaning markaziy jangida Isroil Madrimov ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayevga qarshi ringga ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan.
Promouterlik kompaniyasi musobaqa sanasi o‘zgargani munosabati bilan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha sportsevarlar hamda boks muxlislaridan rasman uzr so‘radi.
Bellashuvlar dekabr oyida belgilangan yangi sana bo‘yicha o‘tkaziladi.









