Energetika vaziri ishdan olindi. Sherzod Xodjayev yangi vazir etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev Energetika vaziri lavozimini egalladi. Ushbu tayinlovga qadar u Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi va yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan avvalgi vazifasidan ozod etildi.
Tashkiliy tartibga muvofiq, Sh.Xodjayev nomzodi avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Shuningdek, davlat rahbarining boshqa bir farmoni bilan Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.







