Endi Rossiyaga kelayotgan migrantlar telefon orqali doimiy kuzatuvda bo'ladi

Ma'lum qilindiki, Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovning kelajakda Rossiyaga uzoq muddatga yoki ishlash uchun keladigan migrantlar majburiy ravishda mobil telefon sotib olishi kerak bo‘ladi.
Uning aytishicha, ushbu telefonda migrantning elektron profili joylashtiriladi. Shu orqali ichki ishlar organlari migrantning qayerda ekanini kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.
Zubovning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim joriy etilsa:
1.Migrantning joylashuvi doimiy nazorat qilinadi.
2.Bir aholi punktidan boshqasiga ruxsatsiz ko‘chib o‘tishning oldi olinadi.
3.Yashash yoki ro‘yxatdan o‘tgan manzilni nazoratsiz o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.
4.Telefon orqali hujjatlar muddati tugayotgani yoki davlat idorasiga kelish zarurligi haqida avtomatik ogohlantirishlar yuboriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida "Amina" nomli mobil ilova sinov tariqasida ishga tushirilgan. Ushbu ilova vizasiz kelgan voyaga yetgan migrantlarning geolokatsiyasini Ichki ishlar vazirligiga uzatadi.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, dekabr oyi o‘rtalariga kelib 139 mingdan ortiq migrant geolokatsiya ma'lumotlari tizimga uzatilmagani sababli migratsiya hisobidan chiqarilgan.
Agar migrantning joylashuv ma'lumotlari uch ish kunidan ortiq vaqt davomida tizimga kelmasa, u migratsiya ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.






