Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Endi O'zbekistonda ishsizlar qolmaydimi? O'zbekistonda vakansiyalar va rezyumelar soni oshdi

3-iyl, 17:37
2026-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalar davom etmoqda. Markaziy bank tahliliga ko‘ra, ish beruvchilarning xodim…

2026-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda mehnat bozoridagi ijobiy tendensiyalar davom etmoqda. Markaziy bank tahliliga ko‘ra, ish beruvchilarning xodimlarga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanib, bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga ko‘paygan.

Hisobotda qayd etilishicha, mart oyi yakunida mamlakat bo‘yicha mavjud vakansiyalar soni 15,4 mingtaga yetgan. Ishchi kuchiga eng katta talab xizmat ko‘rsatish, chakana savdo, umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish tarmoqlarida kuzatilgan. Qurilish sohasida ham investitsiya loyihalari va mavsumiy omillar ta’sirida yangi ishchi kuchiga ehtiyoj ortgani ta’kidlangan.

Shu bilan birga, ish qidirayotgan fuqarolar soni ham sezilarli ravishda oshgan. HeadHunter Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida platformadagi faol rezyumelar soni 31,5 foizga ko‘payib, 636 ming nafarga yetgan.

Markaziy bank mutaxassislari bu holatni mehnat bozoridagi raqobatning kuchayishi bilan izohlashgan hamda ish izlovchilar sonining vakansiyalarga nisbatan tezroq ortishi ish haqi o‘sish sur’atlarining asta-sekin barqarorlashishiga ham ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan.

Bandlikning asosiy o‘sishi xizmatlar sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, moliyaviy va sug‘urta xizmatlari, professional hamda texnik faoliyat, shuningdek, ma’muriy va yordamchi xizmatlar yo‘nalishlarida yangi ish o‘rinlari ko‘proq yaratilgan. Aksincha, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida bandlar soni qisqargan bo‘lsa, sanoat va savdo sohalarida o‘sish sur’ati saqlanib qolgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, yangi ish o‘rinlarining katta qismi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, 2025-yilda xususiy korxonalarda bandlik 5,2 foizga oshgan va umumiy bandlik o‘sishining asosiy qismini ta’minlagan. Davlat sektorida esa ushbu ko‘rsatkich 2,6 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 2025-yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra, mamlakatdagi ishsizlik darajasi 4,8 foiz etib qayd qilingan. Joriy yilning birinchi choragida o‘rtacha nominal ish haqi 17,4 foizga, inflyatsiya hisobga olingan real ish haqi esa 9,5 foizga oshgan. Eng yuqori ish haqi o‘sishi moliyaviy va sug‘urta xizmatlari, transport hamda boshqa xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida kuzatilgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Kun tanlovi

Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya ushbu da’volarni “asossiz” deb topdi va quyidagilarni ma’lum qildi.

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
O‘zbekiston fuqarolari 2027-yilning 1-martiga qadar Misrga mavjud tartib asosida erkin safar qilishlari mumkin bo‘ladi.
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Yana koʻrsatish