Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekani ma’lum qilindi

Uning ta’kidlashicha, Amerika yetakchisining ish jadvali o‘ta tig‘iz bo‘lishiga qaramay, u ushbu tashrifni amalga oshirish niyatini shaxsan ma’lum qilgan.
Zampollining qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Toshkent Vashington uchun muhim va majburiy yo‘nalishlardan biriga aylangan. Ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani sababli Oq uy hamda AQSh administratsiyasi vakillarining O‘zbekistonga tashriflari chastotasi ortmoqda. Boshqa tarafdan, rasmiy Toshkent ham Amerika yetakchisini bir necha bor tashrif bilan kelishga taklif etgan edi.
Shu bilan birga, oktyabr oyi o‘rtalarida AQSh Davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi delegatsiya Samarkandga keladi. Ushbu safar doirasida Amerikadan 100 dan ortiq yirik kompaniya va biznes vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.









