Dilnoza Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Dilnoza Kattaxonova Sobir qizi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Hozirga qadar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.







