Botkendagi qarovsiz molxonadan O‘zbekistonga qazilgan tunnel chiqdi

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qadamjoy tumanining Chekelik qishlog‘idagi qarovsiz xonadonlardan birining molxonasini ko‘zdan kechirish chog‘ida yer osti yo‘liga duch kelgan.
O‘zbekiston hududiga qarab qazilgan ushbu tunnelning chuqurligi 12 metr, kengligi esa 1,5 metrni tashkil etadi. Militsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ob’ekt kontrabanda tovarlarini yashirincha o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Hozirda tunnelda qazish ishlari to‘xtatilib, Botken viloyati IIB tergov xizmati tomonidan holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.







