Belarusga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik qo‘ltiqtayoqda vatanga qaytdi

Fuqaro bir necha kun Minskda ish qidirgan, biroq hech qanday natija chiqmagan. Oqibatda u, O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Elchixona xodimlari Migratsiya agentligi bilan birgalikda maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan unga qaytish chiptasini rasmiylashtirib bergan. 24-iyul kuni fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

Agentlik vakili bilan birga tushgan fotosuratda fuqaro qo‘ltiqtayoqda turgani ko‘rinadi. Ammo u bilan nima sodir bo‘lgani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.








