Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Bank omonatlaridan olinadigan foizlarga soliq joriy etish taklifi berildi. Markaziy bank aniqlik kiritdi

31-iyl, 12:14
O‘zbekistonda bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga 5 foizlik soliq joriy etish taklifi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur tashabbus Iqtisodiyot v…

O‘zbekistonda bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga 5 foizlik soliq joriy etish taklifi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur tashabbus Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti tomonidan ilgari surildi.

Institut hisob-kitoblariga ko‘ra, omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ularga ham 5 foizlik soliq stavkasini qo‘llash davlat byudjetiga yiliga 1,4 trillion so‘m atrofida qo‘shimcha tushum keltirishi mumkin.

Bu taklif yuzasidan iqtisodchi Bekzod Hoshimov soliq tizimining asosiy muammosi stavkada emas, balki nimaga soliq solinishida ekanini ta’kidladi.

Uning fikriga ko‘ra, amaldagi tizim sarmoyani rag‘batlantirish o‘rniga uni jazolaydi. Hoshimov korxonalarning investitsiyalari, uy-joyni ijaraga berish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa daromad keltiruvchi sarmoyalar soliq bazasidan to‘liq chegirilmasligini tanqid qildi.

"Biz soliqni zanjirning oxirida, hosildan emas, boshida, urug‘likdan olamiz. Ya’ni sarmoyani jazolab, iste’molni rag‘batlantiramiz. Holbuki falsafa teskari bo‘lishi kerak: soliq sof daromaddan, ideal holda esa iste’moldan olinishi lozim", — dedi iqtisodchi.

Shuningdek, u soliq islohoti stavkalarni o‘zgartirishga emas, soliq bazasini takomillashtirishga qaratilishi kerakligini bildirib, daromad olish uchun qilingan hujjatlashtirilgan xarajatlarni soliqdan chegirish imkoniyati yaratilishi lozimligini qayd etdi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan mazkur masala yuzasidan Markaziy bank ham rasmiy munosabat bildirdi. Regulyator ma’lum qildiki, omonatlardan olinadigan foiz daromadlariga soliq solish bo‘yicha aytilgan fikr Fiskal tahlillar instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-tahliliy tadqiqot doirasida ilgari surilgan bo‘lib, rasmiy taklif sifatida kiritilmagan.

Markaziy bank, shuningdek, har qanday tashabbusni ko‘rib chiqishda uning bank resurslari qiymati, moliyaviy resurslar bazasi va mamlakat moliyaviy barqarorligiga ta’siri har tomonlama baholanishini ta’kidladi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Ijtimoiy tarmoqlarda “SafeRoad bazasi sotilmoqda, millionlab haydovchilarning pasporti va shaxsiy ma’lumotlari qora bozorga chiqib ketdi” mazmunidagi xabarla…
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish