Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Anomal issiq sabab O‘zbekistonda yo‘l harakati cheklanib, bog‘chalar yopilmoqda

14-iyl, 15:52
Surxondaryo viloyatida anomal issiq ob-havo sharoiti tufayli og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Gidrometeorologiya xizmati…

Surxondaryo viloyatida anomal issiq ob-havo sharoiti tufayli og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda kunduzi havo harorati +42...+44 darajagacha ko‘tarilmoqda, bunday sharoitda asfalt-beton qoplamasining harorati +70...+80 darajagacha qizishi mumkin.

Issiq haroratda og‘ir yuk mashinalarining harakatlanishi yo‘llarda g‘ildirak izlari va deformatsiyalarni keltirib chiqarishini inobatga olib, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi hamda “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga muvofiq cheklovlar o‘rnatildi. Unga ko‘ra, Termiz shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk transporti harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha vaqtincha taqiqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi esa anomal issiqda aholiga, ayniqsa yosh bolalar va xavf guruhidagi shaxslarga salqin joyda bo‘lishni hamda yetarli miqdorda suv ichishni tavsiya qilmoqda.

Shu bilan birga, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida havo harorati +44...+45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli maktabgacha yoshdagi bolalarni issiq ta’siridan himoya qilish maqsadida davlat bog‘chalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Mahalliy hokimliklar farmoyishiga ko‘ra, 14-17-iyul kunlari Uchquduq va Nurota tumanlaridagi barcha davlat bog‘chalari, Tomdi tumanidagi 2-, 4- va 5-sonli hamda Konimex tumanidagi 1-11 va 13-17-sonli bog‘chalar ishlamaydi.

Ushbu muassasalar 20-iyul, dushanba kunidan odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi. Viloyatning boshqa hududlaridagi bog‘chalar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda va natijalarga qarab qo‘shimcha qarorlar qabul qilinishi mumkin.

Xuddi shunday tartibda Xorazm viloyatidagi barcha davlat bog‘chalari ham 14-17-iyul kunlari yopilib, faoliyatini 20-iyuldan tiklaydi. Qoraqalpog‘istonda esa davlat va nodavlat bog‘chalarining faoliyati hududlar kesimidagi sharoitdan kelib chiqib, turlicha muddatlarga to‘xtatildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu masala yuzasidan respublika miqyosida yagona qaror qabul qilinmaganini, har bir hududdagi vaziyat ob-havo va sanitariya-epidemiologik holatga qarab alohida baholanayotganini ma’lum qildi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi jarohatlangan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

29-okt, 12:25
Farg‘ona shahrida 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan qulab vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, prokuratura tekshiru…
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.  Uyning yerto‘la qismiga …
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Yana koʻrsatish