Andijonda avtomobil mingan otaxon maktab o‘quvchisini urib yubordi

“Chery Tiggo 8 Pro” rusumli avtomashina haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, yuz bergan ko‘ngilsiz hodisadan so‘ng “Usmon tog‘a” ismli qoidabuzar haydovchining avtomashinasi belgilangan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv va dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.







